Telegram messenjeri asoschisi Pavel Durov turli mamlakatlar maxsus xizmatlari unga josus qizlarni yubormasligidan hazilomuz tarzda norozilik bildirdi.
Bu haqda Pavel Durov o‘zining Telegram kanalida yozdi.
«Osiyolik qizlarga qiziqmaydigan bosh direktorlar uchun maxsus xizmatlar tanishuv borasida kamroq imkoniyat taklif qilishi adolatdan emas. Fransiyalik, rossiyalik yoki eronlik “agentlar” qayerda? Hech bir josus ayol men bilan bog‘lanmadi. Ular umuman harakat qilib ko‘rishyaptimi?» — deb yozdi u.
Durov bu orqali Nvidia kompaniyasi rahbari Jensen Xuang bilan bog‘liq josuslik mojarosiga munosabat bildirgan.