2026/27 o‘quv yilidan texnikumlarda dual ta’lim bo‘yicha o‘qiyotganlarga maxsus platforma orqali stipendiya to‘lanadi.
— 1-kurs — BHM 1 baravari;
— 85%+ o‘zlashtirish — BHM 3 baravari;
— g‘oliblar — BHM 3 baravari.
Davomat va baholar elektron tizimda hisoblanadi.
To‘lovlar har oyning 15-sanasigacha amalga oshiriladi.
Sabablarga ko‘ra (davomatsizlik, qoidabuzarlik, shartnoma bekor bo‘lishi va h.k.) stipendiya to‘xtatilishi mumkin.