AQSh prezidenti Donald Trampning maxsus vakili Paolo Zampolli 2026 yilgi jahon chempionatida Eron terma jamoasini Italiya milliy jamoasi bilan almashtirishni taklif qildi.
«Men Tramp va FIFA prezidenti Janni Infantinoga Eron o‘rniga Italiyani jahon chempionatiga qo‘shishni taklif qilganimni tasdiqlayman. Men italiyalikman va AQShda o‘tadigan turnirda Italiyani ko‘rish orzu bo‘lar edi. To‘rt karra jahon chempioni sifatida ular barcha sifatlarga ega», — dedi Paolo Zampolli. Uning so‘zlarini The Guardian Financial Timesga tayanib keltirdi.
Ma’lumot uchun, jahon chempionati guruh bosqichida Eron milliy jamoasi "G" guruhida Belgiya milliy jamoasi, Yangi Zelandiya milliy jamoasi va Misr milliy jamoasiga qarshi o‘ynashi kerak.
Eslatib o‘tamiz, Italiya milliy jamoasi saralash bosqichining hal qiluvchi uchrashuvida Bosniya va Gersegovina milliy jamoasiga mag‘lub bo‘lib, turnirga yo‘llanma ololmagan edi.