Bugun 2 may, 2025 yil, juma

КИР

Dinda tanish-bilish ketmaydi

Dinda tanish-bilish ketmaydi

Asr imomi bo‘lmish Anvarshoh Kashmiriy rahimahulloh "Fayzul-boriy" kitobining 1/163-sahifasida quyidagini keltirgan.  

Imom Shofe’iy rahmatullohi alayhdan naql qilinishicha, u zot faqirlikda kun kechirganlar. Insonlar u zotga ko‘plab hadyalar berishar, ammo, u zot ushbu hadyalarni saqlamas, tezda ularni o‘z haqlilariga tarqatib yuborar edilar. U zotda ulkan imkoniyatlar bo‘lgani bilan mollarini faqir-miskinlarga tarqatar va o‘zi esa qiyinchilik holatida kun kechirar edilar.

Shogirdlaridan biri bo‘lmish Ibn Abdulhakam o‘ziga to‘q inson bo‘lib, ustoziga juda ko‘p xizmatlar qilar edi. 

Imom Shofe’iy rahimahullohning yoshlari ellik to‘rtga kirib, keksayib qolgan,  oxirat tadorigi sezilib qolganida odamlar u zotdan: 

– Sizdan so‘ng fatvoga kim haqli,  kimdan fatvo so‘raymiz? Kim dars beradi? – deya so‘rashdi. 

Ibn Abdulhakam u zot oldida turar, imom Shofe’iy o‘z o‘rniga diniy boshliq qilib uni tayinlanishini umid qilar edi.

Ammo ish unday bo‘lmadi. Imom Shofe’iy ishni o‘z ahliga topshirib: 

– Mendan so‘ng dars va fatvo halqasi sohibi Ismoil ibn Yahyo Muzaniy bo‘ladi, – deb aytdilar.

Bu zot imom Abu Ja’far Tohoviy rahimahullohning tog‘asi bo‘ladi. 

Imom Shofe’iy rahimahulloh hayoti muddatida unga juda ko‘plab yaxshiliklar qilgan Ibn Abdulhakamning unga qilgan xayriyatlariga qarab ish qilmadilar.

Shayx Muhammad Horun Muhibbur Rohman. "Al-fathur-rabboniy".

Dinda tanish-bilish ketmaydi. Rosix ulamolar diniy ishlarni ularga manfaati tegayotgan tanish bilishlariga emas, o‘sha ishga eng munosibiga topshirishar edi.

Zotan, ishlar o‘z mutaxassisiga topshirilmasa qiyomatni kutavering.

Sunnatulloh  Abdulbosit

Kiritildi: 08:50 04.01.2020. O'qildi: 2743 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!