Telegram’da Bosh vazir o‘rinbosari — Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi raisi Dilnoza Kattaxonova nomidan soxta akkaunt ochilib, fuqarolarga yolg‘on xabarlar yuborilmoqda.
Xususan, soxta akkaunt orqali “Jamoatchilik kengashi a’zolarining shaxsiy ma’lumotlari tarqatilishi bo‘yicha surishtiruv” haqida xabarlar tarqatilgan. Qo‘mita bu ma’lumotlar mutlaqo haqiqatga to‘g‘ri kelmasligi va firibgarlik maqsadida yuborilayotganini ma’lum qildi.
Fuqarolardan bunday akkauntlarga javob bermaslik, shaxsiy ma’lumotlarni taqdim etmaslik va shubhali havolalarga kirmaslik so‘raldi.