Bugun 28 oktyabr, 2026 yil, chorshanba

КИР

Putin:" Rossiyani gaz bozoridan siqib chiqarishga urinish Yevropada narxlar oshishiga olib keldi"

Putin:" Rossiyani gaz bozoridan siqib chiqarishga urinish Yevropada narxlar oshishiga olib keldi"

Rossiya prezidenti Vladimir Putin Afrika va Osiyo energiya iste’molining yangi markazlariga aylanayotganini ta’kidladi. Uning aytishicha, bu hududlarda iqtisodiyot va aholi soni o‘sishi gazga bo‘lgan talabni oshirmoqda.

Putin gaz sanoati duch kelayotgan qiyinchiliklar qatorida gaz quvurlarining portlatilishi, Yaqin Sharqdagi mojaro va sanksiyalarni tilga oldi.

Uning ta’kidlashicha, Rossiya gaz zaxiralari bo‘yicha dunyoda birinchi, qazib olish hajmi bo‘yicha esa ikkinchi o‘rinda turadi. Rossiyani gaz bozoridan siqib chiqarishga urinishlar esa, ayniqsa, Yevropada iste’molchilar uchun narxlar oshishiga sabab bo‘lgan.

Kiritildi: 21:13 27.10.2026. O'qildi: 775 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!