Finlyandiya prezidenti Aleksandr Stubb va Norvegiya bosh vaziri Yonas Gar Styore Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan telefon suhbatida Ukraina bo‘yicha uch tomonlama uchrashuvga tayyorgarlik masalasini muhokama qildi. Bu haqda Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy ma’lum qildi.
Zelenskiyning aytishicha, Stubb va Styore Rossiya tomoniga Ukraina energetikasi va infratuzilmasiga nisbatan keskinlikni pasaytirish bo‘yicha aniq choralar ko‘rish zarurligini bildirgan.
Shuningdek, Zelenskiy Rossiya, Ukraina va AQSh muzokara guruhlari darajasidagi uchrashuv noyabr oyiga rejalashtirilganini ma’lum qildi.
Kreml ma’lumotiga ko‘ra, suhbat davomida Putin frontdagi vaziyatga baho berib, urushning "asosiy sabablari" deb hisoblagan omillarni tilga olgan.