Bugun 31 oktyabr, 2026 yil, shanba

КИР

Dakar-2026: O‘zbekiston delegasiyasi IV yoshlar yozgi Olimpiya o‘yinlarida 11 sport turida ishtirok etadi

Dakar-2026: O‘zbekiston delegasiyasi IV yoshlar yozgi Olimpiya o‘yinlarida 11 sport turida ishtirok etadi

Joriy yilning 31 oktyabr – 13 noyabr kunlari Senegal poytaxti Dakar shahrida IV yoshlar yozgi Olimpiya o‘yinlari bo‘lib o‘tadi.

Mazkur musobaqada O‘zbekiston delegasiyasi 11 sport turida 19 nafar sportchi bilan ishtirok etadi. Ayni paytda sportchilarimiz bo‘lajak bellashuvlarga so‘nggi tayyorgarlikni olib borishmoqda. Musobaqada qatnashadigan sportchilarimiz va ularning dasturlari bilan tanishing:

Boks:

– Ibrohim Shokirjonov (-65 kg)

– Sabrina Chakomonova (-54 kg)

– Rushanabonu Isoyeva (-60 kg)

Dzyudo:

– Jo‘rabek Eshpo‘latov (-100 kg)

Taekvondo WT:

– Asadbek Samandarov (-55 kg)

Suzish:

– Muhammadismoil Rahmonov (50 m brass, 100 m brass, 200 m brass)

– Parizod Abdukarimova (50 m erkin, 50 m chalqancha, 100 m chalqancha)

Qilichbozlik:

– Nargiza Utebayeva (Sablya, yakkalik)

Kamondan otish:

– Bekzod Boborajabov (Yakkalik)

Sport gimnastikasi:

– Yaroslava Chernobrovkina (Yakkalik ko‘pkurashi)

Engil atletika:

– Parizoda Talabova (nayza uloqtirish)

– Shodiyona Rahmonova (400 m to‘siqlar osha)

– Nasimaxon Ma’mirova (2000 m to‘siqlar osha)

– Niginabonu Rajabova (100 m to‘siqlar osha)

– Shahzodbek Xolmurodov (Uch hatlab sakrash)

– Munavvar Xolto‘rayeva (1500 m yugurish)

Ushu:

– Gulira’no Xolmo‘minova (Taolu)

Triatlon:

– Abilayxan O‘rinbosarov (Yakkalik)

Veloshosse:

– Gulhayo Sattorova (Guruh poygasi, vaqt poygasi)

Kiritildi: 19:05 30.10.2026. O'qildi: 381 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!