Bugun 14 mart, 2025 yil, juma

КИР

Chirchiqda sobiq «Chirchiqstroy» mehmonxonasi buzilmoqda

Chirchiqda sobiq «Chirchiqstroy» mehmonxonasi buzilmoqda

Toshkent viloyatining Chirchiq shahrida 1935-1936 yillarda loyihalashtirilgan sobiq «Chirchiqstroy» mehmonxonasi binosi buzilmoqda.

Bu bino keyinchalik sanoat texnikumi sifatida foydalanilgan. Shahar hokimligi matbuot xizmati ma’lumotiga ko‘ra, bino ko‘p yillar davomida foydalanilmagan va yaroqsiz holga kelgan.

2025 yil 16 yanvar kuni buzish uchun xulosa berilgan. Bundan avval, viloyatning qurilish va kommunal xo‘jalik sohasidagi inspeksiyasi binolar va inshootlarni vizual ko‘rikdan o‘tkazgan. Hokimiyatning ta’kidlashicha, bino Milliy moddiy madaniy meros ko‘chmas mulk ob’ektlari ro‘yxatiga kiritilmagan.

Mazkur ob’ekt o‘rnida Xitoyning yetakchi oliy o‘quv yurtlaridan birining filiali quriladi. Xitoyning «Soniya Group» kompaniyasi ishtirokida «Chirchiq innovasiya gimnaziyasi» MCHJ tashkil etilgan. Loyiha doirasida 15 million dollar to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investisiyalar jalb qilinishi, 100 dan ortiq yangi ish o‘rinlari yaratilishi va Chirchiqda yashovchi oilalarning 500 nafar farzandini sifatli ta’lim bilan ta’minlash rejalashtirilgan.

Kiritildi: 18:30 11.03.2025. O'qildi: 943 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!