Chirchiqda bank xodimi 13 fuqaroning 1,3 mlrd so‘mini o‘zlashtirgani aniqlandi.
Chirchiqda tijorat banki bo‘limi boshlig‘i 13 nafar fuqaroning omonat uchun topshirgan 1,3 mlrd so‘mini bank kassasiga kirim qilmasdan, hujjatlarni soxtalashtirib, mablag‘ni o‘z ehtiyojlariga ishlatgani aniqlangan.
⚖️ Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.