Bugun 3 iyun, 2026 yil, chorshanba

КИР

Byudjet mablag‘larining 643,2 mlrd so‘mi talon-toroj qilindi

Byudjet mablag‘larining 643,2 mlrd so‘mi talon-toroj qilindi

Bosh prokuratura huzuridagi Departament tomonidan Soliq qo‘mitasi komplayens va korrupsiyaga qarshi nazorat boshqarmasi bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda O‘zbekiston Respublikasi Soliq qo‘mitasi, Buxoro viloyati soliq boshqarmasi, “O‘zbekneftgaz” AJ, “SH.G.” MCHJ, “S.E.” MCHJ QK, “A.” MCHJ va “E.E.” MCHJ QKning O‘zbekistondagi doimiy muassasasi mas’ul shaxslari o‘zaro til biriktirib, Sho‘rtan gaz-kimyo majmuasining ishlab chiqarish quvvatini kengaytirish bo‘yicha berilgan 5,3 trln so‘mlik xizmatlar QQSdan ozod etilgan bo‘lsa-da, QQS summasini elektron hisob-fakturalarga noqonuniy kiritib, byudjetda asossiz ravishda QQS mablag‘ini hosil qilib, ushbu mablag‘ni “A.” MCHJning hisob raqamiga qaytarilishiga va “S.E.” MCHJ QKning davlat oldidagi kreditorlik qarzdorliklarining yo‘q qilinishiga erishib, 643,2 mlrd so‘mlik byudjet mablag‘larini o‘zlashtirish va rastrata qilish yo‘li bilan talon-toroj qilganliklari aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Kiritildi: Bugun 11:01. O'qildi: 252 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!