Bugun 2 iyun, 2026 yil, seshanba

КИР

Samarqandning Paxtachi tumanida 4 kishi suvda cho‘kib ketdi

Samarqandning Paxtachi tumanida 4 kishi suvda cho‘kib ketdi

Ma’lum bo‘lishicha, baxtsiz hodisa 31 may kuni kechga yaqin tumanning Ukrach mahallasida sodir bo‘lgan. Ushbu mahallada yashovchi 42 yoshli erkak sotib olgan yangi elektrosikliga aylantirib kelish maqsadida bolalarni mindirgan. Biroq ehtiyotsizligi oqibatida elektrosikl kanalga tushib ketgan.

Elektrosiklda jami 8 kishi bo‘lgan: er-xotin, ularning 3 farzandi hamda yana 3 bola. Erkak kanal bo‘yida oldinga haydayman deya tushunmasdan ortga haydab yuborgan. Shunda elektrosikl Narpay kanaliga qulagan”, deydi hodisa guvohlaridan biri.

Hodisa oqibatida 3, 6, 9 va 10 yoshli bolalar halok bo‘lgan. Mahalla odamlari kechasi bilan bolalarning murdasini izlashgan. 3 nafarining murdasi o‘sha kuni, biriniki esa 1 iyun kuni ertalab topilgan.

Vafot etganlarning ikkisi erkakning o‘z farzandlari, qolgan ikkisi esa qo‘shni bolalar bo‘lgani aytilmoqda.

Favqulodda vaziyatlar vazirligi hodisa yuzasidan rasmiy ma’lumot berdi. Unga ko‘ra, qutqaruvchilar voqea joyiga yetib borgan vaqtda kanalga tushib ketgan 8 nafar fuqarodan 4 nafari aholi tomonidan qutqarib qolingani ma’lum bo‘lgan. Shundan so‘ng zudlik bilan suvda keng ko‘lamli qidiruv-qutqaruv ishlari olib borilgan. Qutqaruvchilar va aholi yordamida olib borilgan suvda qidiruv ishlari davomida halok bo‘lgan bolalar kanaldan olib chiqilgan.
Qayd etilishicha, hozirda voqea joyida Paxtachi tumani prokuraturasi, IIB, FVB tomonidan hodisaning kelib chiqish sabablarini o‘rganish ishlari olib borilmoqda.

Kiritildi: Bugun 13:11. O'qildi: 504 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!