Bugun 31 may, 2026 yil, yakshanba

КИР

Rustam G‘oipovga “Xalq artisti” unvonining berilishi shaxsan davlat rahbarining tashabbusi bo‘lgan

Rustam G‘oipovga “Xalq artisti” unvonining berilishi shaxsan davlat rahbarining tashabbusi bo‘lgan

O‘zining betakror ijodi, dillarga yaqin qo‘shiqlari va yuksak mahorat bilan ijro etilgan jonli chiqishlari orqali millionlab muxlislar mehrini qozongan Rustam G‘oipovga “O‘zbekiston Respublikasi xalq artisti” faxriy unvoni berildi.

E’tiborli jihati shundaki, san’atkor shu vaqtga qadar biror marta davlat mukofoti bilan taqdirlanmagan. Prezident Shavkat Mirziyoyevning farmoniga muvofiq, unga bir yo‘la mamlakatning eng yuksak san’at unvonlaridan biri — “Xalq artisti” faxriy unvoni berildi.

Bu qaror jamoatchilik va san’at ixlosmandlari tomonidan katta mamnuniyat bilan qarshi olinmoqda. Ijtimoiy tarmoqlarda foydalanuvchilar Rustam G‘oipovning ko‘p yillik samarali ijodi, o‘zbek san’ati rivojiga qo‘shgan hissasi va xalq orasidagi yuksak obro‘si ushbu yuksak e’tirofga munosib ekanini ta’kidlamoqda.

Ko‘pchilikning fikricha, bu nafaqat mashhur san’atkor mehnatiga berilgan munosib baho, balki milliy madaniyat va san’at vakillarini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan davlat siyosati izchil davom etayotganining yana bir yorqin ifodasidir.

Kiritildi: Bugun 22:21. O'qildi: 437 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!