“Rossiya bilan munosabatlarimiz transformatsiya bosqichida va men bu transformatsiyani ijobiy deb hisoblayman. Rossiya bilan munosabatlarimiz ochiq va samimiy. Biz bu munosabatlarda hech qanday qorong‘i burchaklarni qoldirmadik.
Evropa Ittifoqi va Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi o‘rtasidagi tanlov muqarrar bo‘lib qoladigan lahzagacha biz Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqida faoliyatimizni davom ettiramiz.
Bu qaror, tabiiyki, referendumda Armaniston xalqi tomonidan qabul qilinishi kerak”, dedi Armaniston Bosh vaziri Nikol Pashinyan.