Bugun 2 iyun, 2026 yil, seshanba

КИР

"Terminator" jangovar mashinasiga Putinning bobosini ismi berildi

"Terminator" jangovar mashinasiga Putinning bobosini ismi berildi

"Uralvagonzavod" tankni qo‘llab-quvvatlovchi "Terminator" jangovar mashinasi qayta nomlanganini va unga "Spiridon" degan yangi nom berilganini ma’lum qildi.

Vladimir Putinning bobosi ham xuddi shunday ismga ega bo‘lgan.

"Bu Rossiyada kam uchraydigan, ammo e’zozlanadigan ism. Uni ruhan haqiqiy kuchli insonlar olib yurishgan", — deya ta’kidladi korxona vakillari, bunga misol sifatida Trimifuntlik avliyo Spiridon va Sovet Ittifoqi qahramoni Spiridon Spisinni keltirishdi.

"Rossiya-1" telekanali xabariga ko‘ra, zavod jami ikki mingga yaqin variantni muhokama qilgan, ular orasida "Dobrinya", "Bogatir", "Dmitriy Donskoy" va "Urales" kabi nomlar ham bo‘lgan.

Kiritildi: Bugun 18:55. O'qildi: 784 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!