O‘zbekiston milliy terma jamoasi ishtirokidagi guruh bosqichi o‘yinlari quyidagi vaqtlarda start oladi (Toshkent vaqti bilan):
🔹18-iyun 07:00 – O‘zbekiston – Kolumbiya
🔹23-iyun 22:00 – Portugaliya – O‘zbekiston
🔹28-iyun 04:30 – Kongo DR – O‘zbekiston
Agar O‘zbekiston terma jamoasi guruhda birinchi o‘rinni egallaydigan bo‘lsa pley-off bosqichida “D”,“E”,“I” va “J” guruhlaridagi ehtimoliy 3-o‘rin egalarining biri bilan to‘qnash keladi.
Fabio Kannavaro shogirdlari guruhda 2-o‘rinni egallagan taqdirda Angliya, Xorvatiya, Gana va Panama terma jamoalari guruhidagi 2-o‘rin sohibi bilan bahs olib boradi.
Bordiyu 3-o‘rin bilan pley-offga chiqish nasib qilsa, yuqoridagi nomi tilga olingan jamoalar o‘rin egallagan guruh yetakchisi O‘zbekistonga raqiblik qiladi.