Bugun 3 iyun, 2026 yil, chorshanba

КИР

“Real” zo‘r futbolchi bilan kelishuvga erishdi

“Real” zo‘r futbolchi bilan kelishuvga erishdi

Fransiyalik mashhur himoyachi Ibrohim Konate “Real”ning oxirgi yillardagi prezidenti Florentino Peres o‘z lavozimini saqlab qolgan taqdirda “Qirollik klubi” futbolchisiga aylanadi.

Bu haqda El Chiringuito nashri xabar bermoqda.

Ispaniya manbalari ma’lumotiga ko‘ra, klubning amaldagi rahbari fransiyalik himoyachi bilan kelishuvga erishgan va amalda transferni tayyorlab qo‘ygan.

Biroq bitimning to‘liq yakunlanishi Peresning prezidentlik lavozimini saqlab qolishiga bevosita bog‘liq.

Yaqinda Konate shartnomasi tugaganidan keyin “Liverpul”ni erkin agent maqomida tark etgan edi. Unga Yevropa klublaridan qiziqishlar bo‘lishiga qaramay, 27 yoshli futbolchi uchun asosiy da’vogar aynan “Real” bo‘lib turibdi.

Agar Peres saylovlarda g‘alaba qozonib, o‘z lavozimini saqlab qolsa, madridliklar himoyachini transfer tovoni to‘lamasdan o‘z safiga qo‘shib olishi mumkin.

Shuningdek, xabar qilinishicha, bunday holatda “Komo” yarim himoyachisi Niko Pas ham Konatening ortidan “Real”ga o‘tadi.

Kiritildi: 23:52 02.06.2026. O'qildi: 245 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!