Evropa Ittifoqining mudofaa bo‘yicha komissari Andryus Kubilyus Yevropa Ittifoqi Ukrainani «qancha kerak bo‘lsa, shuncha vaqt qo‘llab-quvvatlaydi» degan bayonotlar unda xavotir uyg‘otishini bildirdi.
Uning ta’kidlashicha, bunday iboralar ba’zan Yevropa Ittifoqining maqsadi faqat Ukrainaning tirik qolishini ta’minlashdek tushunilishi mumkin.
«Biz Ukrainani qancha kerak bo‘lsa, shuncha vaqt qo‘llab-quvvatlaymiz deganimizda, men ma’lum ma’noda ichki xavotirni his qilaman. Bu gap faqat Ukrainaning omon qolishini qo‘llab-quvvatlash bilan cheklanib qolmasligi kerak», — dedi Kubilyus.
Uning fikricha, G‘arb davlatlari faqat mudofaa yordami bilan cheklanmasdan, Ukrainaning uzoq muddatli xavfsizligi va barqarorligi uchun ham aniq strategiyaga ega bo‘lishi lozim.
Kubilyusning bayonoti Yevropa davlatlari orasida Ukrainaga ko‘rsatilayotgan yordamning ko‘lami va davomiyligi haqida bahslar davom etayotgan bir paytda yangradi.