Bugun 2 iyun, 2026 yil, seshanba

КИР

Qirg‘iziston nosni butunlay taqiqlashni, alkogol va tamakini esa...

Qirg‘iziston nosni butunlay taqiqlashni, alkogol va tamakini esa...

Qirg‘iziston nosni butunlay taqiqlashni, alkogol va tamaki mahsulotlarini sotib olishga 21 yosh cheklovini joriy etishni rejalashtirmoqda

Qirg‘iziston Vazirlar Mahkamasi farmoyishi bilan mamlakatning 2040 yilgacha bo‘lgan demografik siyosat konsepsiyasini amalga oshirishning birinchi bosqichi bo‘yicha chora-tadbirlar rejasi tasdiqlandi. Mazkur hujjat 2026−2030 yillarni qamrab oladi.

Unga ko‘ra, mamlakatda umr ko‘rish davomiyligini 2024 yildagi 72,1 yoshdan 2030 yilga kelib 75 yoshgacha oshirish rejalashtirilmoqda.

Shuningdek, 2026 yil oxirigacha alkogol, tamaki va nikotinli mahsulotlarni sotib olish uchun 21 yosh cheklovini joriy etish, alkogolni tungi vaqtda hamda internet orqali sotishni cheklash va nosvoy (nos) ishlab chiqarish va tarqatishni to‘liq taqiqlash reja qilinyapti.

Kiritildi: Bugun 14:11. O'qildi: 434 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!