Bugun 7 noyabr, 2026 yil, shanba

КИР

“Buzg‘unchi kuchlar yoshlar ongiga maqsadli ravishda ta’sir ko‘rsatib, ularni o‘z jamoalariga jalb etmoqda” — Prezident

“Buzg‘unchi kuchlar yoshlar ongiga maqsadli ravishda ta’sir ko‘rsatib, ularni o‘z jamoalariga jalb etmoqda” — Prezident



Prezident Shavkat Mirziyoyev Samarqandda o‘tayotgan xavfsizlik masalalari bo‘yicha SHHT plyus birinchi ekspertlar muloqoti ishtirokchilariga murojaat yo‘lladi.

Davlat rahbari kibermakon tarmoq orqali hujumlar uyushtirish, jamoatchilik ongini boshqarish va yolg‘on axborot tarqatish vositalari tobora faol qo‘llanilayotgan asosiy to‘qnashuvlar maydoniga aylanganini ta’kidladi.

Prezident terrorchi tashkilotlar internet platformalaridan radikal g‘oyalarni targ‘ib qilish, yangi tarafdorlarni yollash, moliyaviy mablag‘lar to‘plash va davlat chegaralarini tan olmaydigan ekstremistik birlashmalarni shakllantirish uchun foydalanayotganidan jiddiy xavotir bildirdi.

Ayniqsa, yoshlar bunday tahdidlar oldida eng zaif qatlam bo‘lib qolmoqda. Buzg‘unchi kuchlar ularning ongiga maqsadli ta’sir ko‘rsatib, o‘z saflariga jalb etmoqda, ijtimoiy ziddiyatlardan foydalanib, toqatsizlik g‘oyalarini tarqatmoqda. Bu esa millatlararo va dinlararo totuvlikka putur yetkazishi, ijtimoiy-siyosiy vaziyatni beqarorlashtirishi mumkin.

“Hech bir davlat chegara bilmaydigan tahdidlarga yakka o‘zi to‘liq qarshi tura olmaydi. Bu esa, tabiiy ravishda, xalqaro hamkorlik, o‘zaro ishonch va birgalikda ish olib borishning amaliy mexanizmlariga bo‘lgan talabni kuchaytiradi”, — dedi Shavkat Mirziyoyev.
Kiritildi: 18:12 06.11.2026. O'qildi: 415 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik