Buyuk Britaniya qator Afrika mamlakatlari, shuningdek Suriya va Afg‘onistonga to‘g‘ridan-to‘g‘ri iqtisodiy yordam hajmini sezilarli darajada kamaytirishni rejalashtirmoqda. Bu haqda Financial Times xabar berdi.
Nashr ma’lumotiga ko‘ra, Britaniyaning Afrika va boshqa davlatlardagi dasturlarga ajratadigan umumiy yordam hajmi 43 foizga qisqaradi.
Xususan, 2024–2025 moliya yilida 3,14 mlrd funt sterlingni, ya’ni taxminan 4,24 mlrd dollarni tashkil etgan mablag‘ 2028–2029 moliya yiliga kelib 1,79 mlrd funtga — taxminan 2,42 mlrd dollarga tushirilishi rejalashtirilgan.
Qisqartirish ayrim Afrika mamlakatlariga ayniqsa kuchli ta’sir ko‘rsatadi. Syerra-Leonega ajratiladigan yordam 83 foizga, Somaliga 49 foizga, Janubiy Sudanga esa 46 foizga kamayishi kutilmoqda.
Shuningdek, Suriyaga beriladigan iqtisodiy yordam hajmi 55 foizga, Afg‘onistonga ajratiladigan mablag‘ esa 39 foizga qisqaradi.