Bugun 10 oktyabr, 2026 yil, shanba

КИР

Buxoroda ota qizi bilan ko‘rishish uchun kelgan 17 yoshli yigitni kaltakladi

Buxoroda ota qizi bilan ko‘rishish uchun kelgan 17 yoshli yigitni kaltakladi

Aniqlanishicha, joriy yilning 28-avgust kuni Buxoro viloyatida yashovchi fuqaro Ye.R qizi O.D. bilan ko‘rishish uchun kelgan voyaga yetmagan Ye.O. (2009 yilda tug‘ilgan o‘g‘il bola)ni uning erkiga qarshi tarzda, avtomashinada o‘z qarindoshi F.F.ning uyiga olib borib, u yerda boshqa shaxslar bilan voyaga yetmagan Ye.O.ni kaltaklagan.

Tergovga qadar tekshiruv doirasida tayinlangan sud-tibbiy ekspertizasiga ko‘ra, Ye.O. tanasining turli sohalarida jarohatlar mavjudligi aniqlangan.

Holat yuzasidan joriy yilning 7-sentyabr kuni Ye.R. va F.F.larga nisbatan JKning 137-moddasi 2-qismi «a, v» bandlari va 105-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Mazkur jinoyat ishi yuzasidan dastlabki tergov harakatlari tuman prokuraturasi tomonidan olib borilmoqda.

Kiritildi: 16:45 06.10.2026. O'qildi: 4670 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!