Bugun 10 oktyabr, 2026 yil, shanba

КИР

AQShning F-35 qiruvchi samolyoti ehtiyot qismlari xatolik tufayli Xitoy qo‘liga tushdi

AQShning F-35 qiruvchi samolyoti ehtiyot qismlari xatolik tufayli Xitoy qo‘liga tushdi

AQShning beshinchi avlodga mansub F-35 qiruvchi samolyotiga tegishli ehtiyot qismlar logistika kompaniyasi UPS xodimining xatosi sabab Xitoy hukumati qo‘liga tushgan. Bu haqda Bloomberg manbalarga tayanib xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, UPS xodimi yukni Gonkong orqali yubormaslik haqidagi elektron xatni e’tibordan chetda qoldirgan. Ehtiyot qismlar Avstraliyadan San-Fransisko shahriga yetkazilishi kerak edi. Biroq kechikish sababli yuk Gonkong orqali yo‘naltirilgan va u yerda Xitoy rasmiylari qo‘liga tushgan.

Yuk tarkibida F-35 samolyoti kabinasining oynasi hamda qurol-yarog‘ bo‘limi lyuki bo‘lgan. AQShning xalqaro qurol savdosini tartibga soluvchi ITAR qoidalari bunday qismlarni ayrim davlatlar orqali tranzit qilishni taqiqlaydi.

Hodisadan so‘ng Pentagon va AQSh Davlat departamenti tekshiruv boshlagan. Kongress a’zolari esa Amerika qurol-yarog‘larini yetkazib berish bo‘yicha xalqaro zanjirni tekshirishni talab qilgan.

F-35 — Lockheed Martin kompaniyasi tomonidan ishlab chiqilgan, radarlarda kamroq ko‘rinadigan ko‘p maqsadli beshinchi avlod qiruvchi samolyoti. Ushbu turdagi samolyotlardan AQSh va uning 19 ta ittifoqchi davlati foydalanadi.

Kiritildi: 08:00 09.10.2026. O'qildi: 1125 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!