Bugun 9 oktyabr, 2026 yil, juma

КИР

Urush ham to‘sqinlik qilmayapti: yirik neft kompaniyalari Yaqin Sharqqa sarmoya kiritmoqchi

Urush ham to‘sqinlik qilmayapti: yirik neft kompaniyalari Yaqin Sharqqa sarmoya kiritmoqchi

Dunyodagi yirik neft kompaniyalari AQSh va Eron o‘rtasidagi mojaroga qaramay, Yaqin Sharqda yangi sarmoyaviy imkoniyatlarni izlamoqda. Bu haqda Financial Times xabar berdi.

Shell, BP, TotalEnergies, ConocoPhillips va Chevron kompaniyalari rahbarlari Londonda bo‘lib o‘tgan konferensiyada mintaqada sarmoya kiritishga tayyor ekanliklarini bildirgan. Ularning fikricha, neft zaxiralarini nisbatan kam xarajat bilan qazib olish imkoniyati ortib borayotgan xavf-xatarlardan ustun turadi. Kompaniya vakillarining bir qismi dam olish kunlari Er-Riyodda o‘tadigan Xalqaro neft kongressida ishtirok etadi.

Ayni paytda investorlarda Suriya va, ayniqsa, Iroqqa qiziqish yuqori. Bir qator kompaniyalar Iroq bilan manfaatli shartnomalar tuzgan, boshqalari esa bu borada muzokaralar olib bormoqda.

Shuningdek, kompaniyalar Birlashgan Arab Amirliklari va Saudiya Arabistoni xorijiy investorlar uchun qoidalarni yumshatib, neft konlariga kirish imkoniyatlarini kengaytirishidan umid qilmoqda. Bu davlatlarda yuqori sifatli neft zaxiralari mavjud bo‘lib, ularni qazib olish nisbatan oson.

Bo‘g‘ozlarda harbiy to‘qnashuvlar xavfi mavjudligi sababli kompaniyalar neft quvurlari qurilishiga ham sarmoya kiritishga tayyor.

Yirik neft kompaniyalari jahonda neftga bo‘lgan talab kelgusida ham o‘sishda davom etishiga ishonmoqda. Shu bois Yaqin Sharq hanuz ushbu xomashyoning eng muhim yetkazib beruvchi mintaqalaridan biri bo‘lib qolmoqda.

Kiritildi: Bugun 07:30. O'qildi: 733 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!