Bugun 9 oktyabr, 2026 yil, juma

КИР

Meksikada restler jang vaqtida taqiqlangan usulni qo‘llab, hakamni o‘ldirib qo‘ydi

Meksikada restler jang vaqtida taqiqlangan usulni qo‘llab, hakamni o‘ldirib qo‘ydi

Mahalliy ommaviy axborot vositalarining xabar berishicha, shou vaqtida sportchi El Ixo de Fishman 75 yoshli hakam Xerardo Xerman Pinedaga qarshi aksariyat promoushenlarda taqiqlangan usulni qo‘lladi. U hakamni boshi bilan pastga qaratib ko‘tardi va ringga uloqtirdi.

Teatrlashtirilgan holatlarga o‘rganib qolgan tomoshabinlar buni avvaliga shouning bir qismi deb o‘ylashdi. Biroq yetib kelgan shifokorlar hakamning o‘limini qayd etishdi.

Restler qo‘lga olindi, u “qasddan bo‘lmagan qotillik”da gumon qilinmoqda. Meksika qonunchiligiga ko‘ra, buning uchun 5 yildan 15 yilgacha qamoq jazosi berilishi mumkin.

Kiritildi: Bugun 08:41. O'qildi: 739 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!