Bugun 10 oktyabr, 2026 yil, shanba

КИР

Isroil Buyuk Britaniyaga qarshi choralar e’lon qildi

Isroil Buyuk Britaniyaga qarshi choralar e’lon qildi

Isroil tashqi ishlar vaziri Gideon Saar Britaniyaning leyboristlar hukumati harakatlariga javoban bir qator choralar ko‘rilishini ma’lum qildi. Isroil tomoni bu harakatlarni o‘z davlatiga qarshi qaratilgan deb hisoblamoqda.

Kelishuvga muvofiq:

  • Buyuk Britaniyaning Sharqiy Quddusdagi konsulligi faoliyatini to‘xtatadi. U erda ishlayotgan 27 nafar britan diplomatiga doir qarorga ko‘ra, ularning 20 nafari Isroilni tark etadi. Konsullik binosi esa Britaniya mulki bo‘lib qoladi.

  • Qiryat-Gatdagi xalqaro missiya shtab-kvartirasida ishlayotgan britan vakillari mamlakatdan chiqarib yuboriladi.

  • Isroil antisemitizm va Isroilga qarshi faoliyatga aloqador deb hisoblagan 12 nafar britan siyosatchisining mamlakatga kirishiga ruxsat berilmaydi.

  • Buyuk Britaniya Falastin ma’muriyati xavfsizlik xizmatlari xodimlarini o‘qitishni to‘xtatadi.

Shu bilan birga, Saarning ta’kidlashicha, Quddus va London muloqotni davom ettirishga kelishib olgan.

Buyuk Britaniya Tashqi ishlar vazirligi esa britan diplomatlarining chiqarib yuborilishi munosabati bilan Isroilga nisbatan qo‘shimcha javob choralarini ko‘rishni rejalashtirmayapti.

Kiritildi: 07:15 09.10.2026. O'qildi: 1114 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!