Klichkoning so‘zlariga ko‘ra, agar Kiyev aholisining shahar tashqarisida yashaydigan do‘stlari yoki qarindoshlari bo‘lsa, ular vaqtincha o‘sha yerga ko‘chib turish imkoniyatini ko‘rib chiqishlari mumkin.
Shu bilan birga, mer Kiyevni evakuasiya qilish rejasi yo‘qligini ta’kidlagan.
Uning aytishicha, shahar ma’muriyati ehtimoliy qiyinchiliklarga tayyorgarlik ko‘rmoqda. Xususan, yoqilg‘i, suv va oziq-ovqat zaxiralarini shakllantirish, shuningdek, zaxira isitish tizimlarini rivojlantirish ishlari olib borilmoqda.