Bugun 10 oktyabr, 2026 yil, shanba

КИР

Kiyev meri imkoni bor kiyevliklarga poytaxtdan vaqtincha ketishni tavsiya qildi

Kiyev meri imkoni bor kiyevliklarga poytaxtdan vaqtincha ketishni tavsiya qildi

Vitaliy Klichko Rossiya hujumlari kuchaygani fonida poytaxtdan tashqarida qarindoshlari yoki do‘stlari bor aholiga shahardan vaqtincha ketish imkoniyatini ko‘rib chiqishni tavsiya qildi. Biroq u Kiyevni to‘liq evakuasiya qilishga chaqirmayotganini ta’kidladi.

"Shahrimizga hujumlar kuchayayotgani sababli har kuni vayron bo‘lgan binolar, yaralangan va halok bo‘lgan odamlar haqida yangi xabarlar kelmoqda. Bugun gap omon qolish haqida ketmoqda", — dedi Klichko.

Mer Rossiya hujumlari oqibatida suv ta’minoti tizimi ishdan chiqsa, poytaxtda keng ko‘lamli inqiroz yuzaga kelishi mumkinligidan ogohlantirdi.

Shu bilan birga, Klichko aholini shahardan chiqib ketishga chaqirmayotganini aytgan. Uning fikricha, Ukraina shaharlarining bo‘shab qolishi Rossiya prezidenti Vladimir Putinning manfaatlariga xizmat qiladi.

Klichkoning ma’lum qilishicha, shahar ma’muriyati qishga tayyorgarlik doirasida zaxira isitish tizimlarini barpo etmoqda. Shuningdek, yonilg‘i, oziq-ovqat va ichimlik suvi zaxiralari to‘planmoqda. Biroq mer tayyorgarlikning o‘zi barcha xavflarni bartaraf eta olmasligini ta’kidlagan. Uning so‘zlariga ko‘ra, havo hujumidan mudofaa tizimi zarbalarni qaytara olmasa, shahar og‘ir vaziyatga tushib qolishi mumkin.

Kiritildi: 12:42 09.10.2026. O'qildi: 1081 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!