Bugun 9 oktyabr, 2026 yil, juma

КИР

Surxondaryoda qariyb 42 kg narkotik musodara qilindi

Surxondaryoda qariyb 42 kg narkotik musodara qilindi

Davlat xavfsizlik xizmati va Ichki ishlar organlari xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda Toshkent viloyatidan harakatlanib kelgan, Denov tumanida yashovchi, 1977 yilda tug‘ilgan shaxs boshqaruvidagi «Kobalt» rusumli avtomobil mazkur tuman hududida to‘xtatilib, tekshirildi.

Natijada, uning yukxonasiga o‘rnatilgan gaz balloni ichiga 43 dona o‘ramda jami 41 kg 904 gr «opiy» moddasi yashirilganligi ma’lum bo‘ldi.

So‘ngra tezkor tadbir davom ettirilib, ushbu narkotikni olib ketish uchun kelgan vaqtida 1960 va 1983 yillarda tug‘ilgan, muqaddam giyohvandlik vositalari savdosi bilan bog‘liq jinoyati uchun sudlangan denovlik va sariosiëlik 2 nafar fuqaro ushlandi.

Tezkor tadbirning keyingi bosqichida esa qo‘shni davlatdan olib kelingan narkotik moddalar buyurtmachisi hisoblangan — muqaddam giyohvandlik vositalari savdosi bilan bog‘liq jinoyati uchun sudlangan, Sariosiyo tumanida yashovchi shaxs ham qo‘lga olindi.

⚖️ Hozirda narkosavdogarlarning barchasiga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Kiritildi: Bugun 08:47. O'qildi: 654 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!