Bugun 10 oktyabr, 2026 yil, shanba

КИР

«Bu — zahar»: Klichko Zelenskiyni keskin tanqid qildi

«Bu — zahar»: Klichko Zelenskiyni keskin tanqid qildi

Kiyev meri Vitaliy Klichko Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy atrofidagi korrupsiya holatlari mamlakatning mudofaa qobiliyatiga va ittifoqchilar ko‘z o‘ngidagi obro‘siga salbiy ta’sir ko‘rsatayotganini bildirdi. Bu haqda u Bild nashriga bergan intervyusida ma’lum qildi.

«Bunday holatlar hamkorlarimizda salbiy munosabat uyg‘otadi. Chunki urush davridagi korrupsiya mamlakatimiz va undagi eng muhim qadriyatlar uchun zahardir», — dedi Klichko.

Uning ta’kidlashicha, Ukraina hamkorlari bilan munosabatlar o‘zaro ishonchga asoslanadi va bu ishonchni hech qanday holatda yo‘qotmaslik kerak.

«Bu butun mamlakat, butun Ukraina uchun juda yomon», — deya qo‘shimcha qildi Kiyev meri.

Avgust oyi o‘rtasida Ukraina Milliy korrupsiyaga qarshi byurosi (NABU) va Ixtisoslashgan korrupsiyaga qarshi prokuratura (SAP) Oliy Rada deputatlari hamda yuqori lavozimli amaldorlar ishtirok etgan jinoiy guruhga qarshi «Forrest Gamp» nomli maxsus operasiya o‘tkazilganini ma’lum qilgan edi.

Ochiqlangan audioyozuvlarda Zelenskiy ofisi rahbari o‘rinbosari Irina Mudraya va sobiq deputat Maksim Mikitasning suhbatlari aks etgani aytilgan. Ularda sobiq adliya va energetika vaziri German Galushchenko uchun huquqni muhofaza qiluvchi organlar e’tiboriga tushmasdan garov puli to‘lash masalasi muhokama qilingani xabar qilingan.

NABU ma’lumotlariga ko‘ra, pullarni legallashtirish sxemasiga «Sens-bank» rahbariyati ham jalb qilingan bo‘lishi mumkin.

Rossiya Tashqi ishlar vazirligi rasmiy vakili Mariya Zaxarova esa Ukrainada korrupsiyadan boshqa narsa qolmaganini ta’kidlab, G‘arb yordami ham Zelenskiyning talablarini qondirishga qodir emasligini aytgan.

Izoh: maqolada keltirilgan korrupsiyaga oid ayrim ma’lumotlar tergov idoralari va siyosiy arboblarning bayonotlariga asoslangan bo‘lib, ularning barchasi sud tomonidan tasdiqlangan faktlar emas.

Kiritildi: 20:38 09.10.2026. O'qildi: 1185 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!