Bugun 20 oktyabr, 2026 yil, seshanba

КИР

Buxoroda davlat raqamini yechib, avtomobilni 201 km/soat tezlikda boshqargan haydovchi aniqlandi

Buxoroda davlat raqamini yechib, avtomobilni 201 km/soat tezlikda boshqargan haydovchi aniqlandi

Buxoro shahrida davlat raqam belgilarini yechib olib, belgilangan tezlik me’yoridan bir necha barobar oshirgan «Malibu-2» avtomobili haydovchisiga nisbatan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirildi.

Samarqand viloyati Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasining ma’lum qilishicha, haydovchi davlat raqam belgilarini yechib, avtomobil saloniga joylashtirgan holda harakatlangan.

Tezlik 60 km/soat etib belgilangan aholi yashash joyida u avtomobilni 201 km/soat tezlikda boshqargan. Haydovchining yonidagi yo‘lovchi esa bu holatni videoga olib, ijtimoiy tarmoqlarga joylagan.

Olib borgan surishtiruv ishlari natijasida qoidabuzar haydovchi va avtomobil aniqlandi.

Haydovchiga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 128³-moddasi 4-qismi hamda 125-moddasi 5-qismiga asosan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirildi. Avtomobil jarima maydonchasiga joylashtirildi.

Haydovchi o‘z qilmishini tan olib, bunday holatni boshqa takrorlamasligini bildirgan. Shuningdek, boshqalarni ham bunday qoidabuzarliklarga yo‘l qo‘ymaslikka chaqirgan.

Ma’lumot uchun, belgilangan tezlikni oshirganlik uchun bazaviy hisoblash miqdorining 15 baravarigacha, davlat raqam belgilarisiz transport vositasini boshqarganlik uchun esa 5 baravari miqdorida jarima qo‘llanishi mumkin.

Kiritildi: 16:52 19.10.2026. O'qildi: 895 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!