Bugun 21 oktyabr, 2026 yil, chorshanba

КИР

Eron prezidenti Rossiyaga minnatdorlik bildirdi

Eron prezidenti Rossiyaga minnatdorlik bildirdi

Eron prezidenti Mas’ud Pezeshkian so‘nggi voqealar yuzasidan Rossiya tomonidan bildirilgan pozisiyani yuqori baholab, Moskvaga minnatdorlik izhor etdi.

RIA Novosti agentligining xabar berishicha, Eron rahbari Rossiya prezidenti Vladimir Putin, mamlakat hukumati va xalqiga o‘z tashakkurini yo‘llagan.

"So‘nggi voqealar munosabati bilan namoyish etilgan qat’iy pozisiya uchun Rossiya prezidenti Vladimir Putinga, mamlakat hukumati va xalqiga minnatdorchilik bildiramiz", — dedi Pezeshkian.

Avvalroq Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov Moskva va Tehron o‘rtasida energetika sohasidagi hamkorlikni yanada kengaytirish uchun katta salohiyat mavjudligini ta’kidlagan edi.

Kiritildi: 23:19 19.10.2026. O'qildi: 3625 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!