Bugun 20 oktyabr, 2026 yil, seshanba

КИР

Isroilda «yakunlanmagan ishlar» bor

Isroilda «yakunlanmagan ishlar» bor

Eron Netanyahuning tahdidlariga javoban Isroilga «yakunlanmagan ishlar» borligini eslatdi.

Eron tashqi ishlar vaziri Abbos Aroqchining ta’kidlashicha, Tehron va Isroil o‘rtasida hali «yakunlanmagan ishlar» bor. U bu haqda Isroil Bosh vaziri Binyamin Netanyahuning Eron bilan qarama-qarshilikda «ishni oxiriga etkazish» zarurligi haqidagi bayonotlariga javoban ma’lum qildi.

«Siz oxirgi marta “ishni yakunlash”ni istaganingizda, Eron avvalgidan ham kuchliroq bo‘ldi. Yana omadingizni sinab ko‘rmoqchimisiz? Marhamat, ammo ehtiyot bo‘ling — bizning ham hali yakunlanmagan ishlarimiz bor», — deb yozdi Aroqchi X ijtimoiy tarmog‘ida.

Eron tashqi ishlar vaziri, shuningdek, Netanyahuni o‘zining ichki siyosiy va sud bilan bog‘liq muammolaridan e’tiborni chalg‘itish maqsadida AQShni yangi harbiy mojaroga jalb etishga urinishda aybladi.


Kiritildi: 22:12 19.10.2026. O'qildi: 512 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!