Bugun 29 oktyabr, 2026 yil, payshanba

КИР

Farg‘onada 24 yoshli erkak o‘zini 15-qavatdan tashladi

Farg‘onada 24 yoshli erkak o‘zini 15-qavatdan tashladi

Farg‘ona shahar IIB navbatchilik qismining 26.10.2026 yil soat 18:30 larda bergan xabariga ko‘ra, Farg‘ona shahar, “Ibn Sino” MFY, Yangisar ko‘chasi, 176-uy, 1-xonadonda doimiy ro‘yxatda turib, ushbu xonadonda yashab kelgan 26.07.2002 yilda tug‘ilgan K.J. Farg‘ona shahar, “Shakarqishloq” MFY, Tarona ko‘chasida joylashgan ko‘p qavatli uylarning 15 qavatidan o‘zini tashlab yuborib, vafot etganligi ma’lum qilingan.

Holat yuzasidan hodisa joyi tezkor-tergov guruhi bilan krimtexnika vositalari yordamida ko‘zdan kechirilib, prosessual hujjatlar rasmiylashtirilgan hamda ishga aloqador shaxslardan tushuntirish xatlari olinishi ta’minlangan.

Marhumning o‘limiga nima sabab bo‘lganligini aniqlash maqsadida sudga oid tibbiy ekspertizasi tayinlangan. Ekspertizaning 27.10.2026 yildagi 01-05/2042-sonli dastlabki ma’lumotnomasida “jigar majaqlab yorilishi” sabab bo‘lganligi ko‘rsatilgan.

Hodisa joyini ko‘zdan kechirishda jinoyat izlari va shubhali holatlar aniqlanmagan. Shuningdek, fuqaro K. J. foydalanuvida bo‘lgan “Redmi” rusumli telefon apparati kelgusida tekshirib ko‘rish uchun daliliy ashyo tariqasida shahar prokuraturasi ixtiyoriga olingan.

Aniqlanishicha, fuqaro K. J. “Shizofreniya” ruhiy kasalligi sababli bir necha marotaba Respublika ixtisoslashtirilgan ruhiy salomatlik ilmiy-amaliy markazi tibbiyot markazining psixiatriya xizmati bo‘yicha Farg‘ona viloyat filialida davolanib kelganligi hamda oxirgi marotaba 04.07.2026 yildan 13.10.2026 yilga qadar yotib davolanganligi haqida ma’lumot olingan.

Marhumga tegishli bo‘lgan “Redmi” rusumli telefon apparatini xotirasidagi ma’lumotlarni tiklash yuzasidan viloyat IIB TQK kiberxavfsizlik bo‘limiga alohida topshiriq yuborilishi ta’minlandi.

Bundan tashqari, “Shakarqishloq” MFY, Tarona ko‘chasida joylashgan ko‘p qavatli uylarda mavjud bo‘lgan videokuzatuv kameralari tekshirib ko‘rilganda mazkur kameralar bir necha oydan buyon ishlamayotganligi aniqlangan.

Hozirda, K. Jirlovning vafot etganligi holati yuzasidan Farg‘ona shahar prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari davom ettirilmoqda, natijasi haqida qo‘shimcha ma’lumot taqdim etilishi ta’minlanadi.

Kiritildi: Bugun 11:43. O'qildi: 562 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!