Bugun 29 oktyabr, 2026 yil, payshanba

КИР

Ukraina Doneskda demilitarizasiya qilingan hudud tashkil etishni muhokama qilishga tayyorligini bildirdi

Ukraina Doneskda demilitarizasiya qilingan hudud tashkil etishni muhokama qilishga tayyorligini bildirdi

Ukraina Donesk viloyatida demilitarizasiya qilingan hudud tashkil etish masalasini muhokama qilishga tayyor.

UNIAN axborot agentligi xabar berishicha, bu haqda Ukraina prezidenti ofisi maslahatchisi Sergey Leshenko telemarafon efirida ma’lum qilgan.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Kiyev urushni imkon qadar tezroq yakunlash bo‘yicha muzokaralar o‘tkazishni taklif qilmoqda. Shuningdek, Ukraina ayrim sohalarda, xususan, energetika va dengizda o‘t ochishni to‘xtatish tarafdori.

«Ukraina murosaga borishga tayyor. Masalan, Donesk viloyati hududida — butun viloyatda emas, balki har ikki tomonda jangovar to‘qnashuv chizig‘i atrofidagi qismda demilitarizasiya qilingan hudud tashkil etish masalasini yetakchilar muzokaralarida muhokama qilish mumkin. Ukraina buni takliflardan biri sifatida tayyorlagan», — dedi Leshenko.

U Ukraina murakkab masalalarni muhokama qilishga tayyorligini ta’kidladi. Biroq uning qayd etishicha, Ukraina hududlariga daxldor qarorlar Ukraina rahbariyati ishtirokisiz qabul qilinishi mumkin emas.

Kiritildi: Bugun 10:00. O'qildi: 638 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!