2026 yilning 28 oktyabr kuni telegram ijtimoiy tarmog‘i orqali “Qarshida 21 yashar qiz muvaffaqiyatsiz jarrohlik muolajasi tufayli vafot etdi” sarlavxasi ostida xabar tarqaldi.
Aniqlanishicha, Qarshi shahar, “Kat” MFYda yashovchi 2005 yilda tug‘ilgan L.M. 14 oktyabrda Qashqadaryo viloyat ko‘p tarmoqli shifoxanasining “neyroxirurgiya” bo‘limiga “bosh miya gipofiz o‘smasi” tashxisi bilan yotqizilgan. 16 oktyabrda esa Respublika neyroxirurgiya mutaxassisi A.E. bilan birgalikda jarrohlik amaliyoti o‘tkazilgan bo‘lib, 27 oktyabrda bemor vafot etgan.
Hozirda tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.