Bugun 7 oktyabr, 2026 yil, chorshanba

КИР

“Bu juda kichik narx”: Tramp Eron bilan urushda AQSh shaharlari vayron bo‘lishi mumkinligini aytdi

“Bu juda kichik narx”: Tramp Eron bilan urushda AQSh shaharlari vayron bo‘lishi mumkinligini aytdi

Eron bilan mojaroda Los-Anjeles va San-Diyegoga zarar yetishi mumkin.

AQSh prezidenti Donald Tramp Eron bilan ehtimoliy harbiy mojaro oqibatlari haqida gapirar ekan, Kaliforniyadagi Los-Anjeles va San-Diyego shaharlari vayron bo‘lishi mumkinligini aytdi.


Tramp bu haqda Nebraska shtatining Grand-Aylend shahrida o‘tkazilgan mitingda so‘zlagan.


Uning ta’kidlashicha, Yaqin Sharqdagi harbiy harakatlar sabab yoqilg‘i va boshqa tovarlar narxining oshishi tinchlik hamda AQSh xavfsizligini ta’minlash uchun to‘lanadigan narxdir.


“Ular shaharni vayron qilishlari mumkin. Los-Anjelesni vayron qilishsin, San-Diyegoni vayron qilishsin. Bu juda kichik narx va barchasi juda tez orada tugaydi”, — degan Tramp.


AQSh prezidenti bunday ehtimoliy yo‘qotishlar mamlakatning qo‘ygan maqsadlariga erishishiga to‘sqinlik qilmasligini bildirgan.


Shuningdek, Tramp Eron bilan bog‘liq vaziyat yuzasidan AQSh oldida keyingi qadamlarni belgilash zarurati turganini aytgan. U mojaro “yaxshi yoki yomon” ssenariy bo‘yicha rivojlanishi mumkinligini bildirgan.


Trampning Los-Anjeles va San-Diyego haqidagi bayonotlari uning Eron bilan ehtimoliy harbiy mojaro uchun AQSh zimmasiga olishga tayyor bo‘lgan xavflar haqidagi fikrlari doirasida yangragan.

Kiritildi: 16:11 06.10.2026. O'qildi: 413 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!