Bugun 3 oktyabr, 2026 yil, shanba

КИР

Britaniya Rossiyaga qarshi sanksiyalar ro‘yxatini yana kengaytirdi

Britaniya Rossiyaga qarshi sanksiyalar ro‘yxatini yana kengaytirdi

Buyuk Britaniya Rossiyaga qarshi sanksiyalar ro‘yxatiga 23 nafar jismoniy va yuridik shaxsni, shuningdek, sakkizta kemani kiritdi.

Bu haqda Buyuk Britaniya Tashqi ishlar vazirligi ma’lum qildi.

Sanksiyalar doirasida 23 nafar jismoniy va yuridik shaxsning aktivlari muzlatiladi. Jismoniy shaxslarga Buyuk Britaniyaga kirish ham taqiqlanadi. Sakkizta kemaga nisbatan esa dengiz qatnovi va savdo sohasida cheklovlar joriy etiladi.

Sanksiyalar ro‘yxatiga «yashirin flot» kemalari, ularga yoqilg‘i quyish xizmatlarini ko‘rsatuvchi tuzilmalar, shuningdek, Rossiyaning uchta muzbuzar kemasi ham kiritildi.

Kiritildi: 15:34 01.10.2026. O'qildi: 556 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!