Bugun 9 avgust, 2026 yil, yakshanba

КИР

Braziliya futbol konfederasiyasi Anchelotti borasida bir qarorga keldi

Braziliya futbol konfederasiyasi Anchelotti borasida bir qarorga keldi

Braziliya terma jamoasi bosh murabbiyi Karlo Anchelotti Jahon chempionatidagi muvaffaqiyatsizlikka qaramay, iste’foga chiqarilmaydi.

Braziliya futbol konfederasiyasi mutaxassisning mundialdagi ishini baholab, jamoaning erta chiqib ketgani uchun aybning bir qismi uning zimmasida degan xulosaga keldi, biroq italiyalik murabbiyga ishdan bo‘shatilish xavf solmayapti. O Globo nashrining xabariga ko‘ra, Anchelottiga «selesao» boshqaruvida to‘liq to‘rt yillik siklni o‘tkazishga ruxsat beriladi — u terma jamoani 2030 yilda bo‘lib o‘tadigan navbatdagi Jahon chempionatiga tayyorlaydi.

Karlo Anchelottining amaldagi mehnat shartnomasi 2030 yil iyul oyi oxirigacha mo‘ljallangan.

Braziliyaliklar JCH-2026 dagi ishtiroklarini 1/8 finalda Norvegiyadan qabul qilib olingan mag‘lubiyatdan (1:2) so‘ng yakunlashdi.

Kiritildi: 14:30 07.07.2026. O'qildi: 897 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!