Hukumatning tegishli (411-son, 29.07.2026-yil) qarori bilan, 2026/2027 o‘quv yilidan boshlab:
➖ Boshlang‘ich ta’lim o‘qituvchilarining bilim darajasi va pedagogik mahorati aniqlanib, ularga 3 yil muddatga amal qiluvchi A+, A, B+, B, C+, C sertifikatlari beriladi. B+ va undan yuqori sertifikatga ega o‘qituvchilarning har oylik maoshiga 15 foiz ustama to‘lanadi;
➖ Huquqshunoslik fanini bilish darajasini aniqlash va milliy sertifikat berish yo‘lga qo‘yiladi;
➖ Xitoy, koreys, yapon, ispan, italyan, fors, dariy, pushtu, urdu, hind va uyg‘ur tillaridan chet tilini bilishning ko‘p darajali (multi-level) test tizimi joriy etiladi.