Bugun 13 oktyabr, 2025 yil, dushanba

КИР

Boltiqbo‘yi davlatlari Rossiyaning ehtimoliy hujumi sodir bo‘lganda aholini evakuasiya qilish rejasini ishlab chiqdi

Boltiqbo‘yi davlatlari Rossiyaning ehtimoliy hujumi sodir bo‘lganda aholini evakuasiya qilish rejasini ishlab chiqdi

Bu haqda Reuters xabar bermoqda.

"Shu hafta Litvada fuqarolarni evakuasiya qilish bo‘yicha mashg‘ulotlar o‘tkazildi, unda qariyb 100 kishi ishtirok etdi. Ammo mamlakat hukumati bundan ancha katta miqdordagi aholiga mo‘ljallangan rejalarga ham ega", deya yozmoqda nashr.

Litva yong‘in xavfsizligi xizmati rahbari Renatas Pojelaning ma’lum qilishicha, ruslarning tajovuzi sodir bo‘lsa, Rossiya va Belarus bilan chegaradan 25 km masofada yashovchi taxminan 400 ming kishi evakuasiya qilinadi. Rejaga ko‘ra, taxminan 300 ming kishi Kaunas shahriga joylashtiriladi.

Pojelaning so‘zlariga ko‘ra, yig‘ilish punktlari allaqachon tanlangan va zarur mahsulotlar zaxirasi yaratilgan.

Estoniya hukumati favqulodda vaziyatda aholining 10 foizini, jumladan, Rossiya bilan chegaradagi Narva shahrida yashovchilarni ko‘chirish rejasini tayyorlamoqda. Latviyada esa Rossiya tajovuzi yuz bersa, mamlakat aholisining uchdan biri uylarini tark etishi taxmin qilinmoqda.

"Shu bilan birga, Boltiqbo‘yi mamlakatlarining hech birida aholini o‘z chegaralaridan tashqariga evakuasiya qilish bo‘yicha batafsil reja mavjud emas", deya qayd etadi Reuters.

Kiritildi: 20:55 10.10.2025. O'qildi: 681 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!