So‘nggi kunlarda ijtimoiy tarmoqlarda pensionerlar yer va mol-mulk solig‘idan to‘liq ozod qilindi, degan xabarlar tarqaldi.
Soliq kodeksining 421-moddasiga ko‘ra, pensionerlar mol-mulk solig‘idan imtiyozga ega. Biroq bu imtiyoz faqat ularga tegishli turar joyga va uning 60 kvadrat metrgacha bo‘lgan qismigagina tatbiq etiladi.
Er solig‘i masalasida esa bunday imkoniyat hamma pensionerlarga emas, balki faqat yolg‘iz pensionerlarga beriladi. Qonunchilikda yolg‘iz pensioner deb — yolg‘iz o‘zi yoki voyaga yetmagan yoki nogironligi bo‘lgan bolalari bilan yashovchi shaxslar tushuniladi.
Imtiyozdan foydalanish uchun pensioner:
— pensiya guvohnomasi yoki Pensiya jamg‘armasidan ma’lumotnoma;
— MFY tomonidan beriladigan ma’lumotnomani
soliq organiga taqdim etishi yetarli.