Bolgariya Qora dengiz hududida uchuvchisiz uchish apparatlari yordamida patrullik va kuzatuv ishlarini kuchaytirishni rejalashtirmoqda.
Bu haqda mamlakat Mudofaa vazirligi ma’lum qildi.
Vazirlik bayonotida Qora dengiz sohillari bo‘ylab kuzatilayotgan dronlar parvozi nazorat tadbirlarining kuchaytirilishi bilan bog‘liq bo‘lishi mumkinligi ta’kidlangan.
"Qora dengiz sohillari bo‘ylab kuzatilayotgan uchuvchisiz uchish apparatlari parvozlari kuchaytirilgan kuzatuv vazifalarini bajarish bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin", — deyiladi vazirlik xabarida.