Bugun 8 oktyabr, 2026 yil, payshanba

КИР

Bolgariya qirg‘oqlarida dronlar ikki savdo kemasiga hujum qildi, ulardan biri cho‘kib ketdi

Bolgariya qirg‘oqlarida dronlar ikki savdo kemasiga hujum qildi, ulardan biri cho‘kib ketdi

Hodisa Bolgariyaning eksklyuziv iqtisodiy hududida, qirg‘oqdan taxminan 110–150 kilometr uzoqlikda yuz bergan. Reuters'ning yozishicha, bu Rossiya–Ukraina urushi boshlanganidan beri Bolgariya suvlarida fuqarolik kemalariga qarshi qayd etilgan ilk dron hujumi bo‘lishi mumkin.

Hujumga uchragan kemalar — Palau bayrog‘i ostidagi Able va Togo bayrog‘i ostidagi Alfa Watan. Har ikki kemadan yordamga chaqiruv signali kelib tushgan. Keyinroq Alfa Watan Bolgariya chegara polisiyasi radarlaridan yo‘qolgan.

Able kemasidagi 18 kishilik ekipajni yaqin atrofdagi yuk-yo‘lovchi kemasi qutqargan. Ekipajning 11 nafari Turkiya, 7 nafari Hindiston fuqarolari. Ikki kishi jarohatlangan: biri kuygan, ikkinchisi boshidan yaralangan. Ular Varna shahridagi harbiy gospitalga olib ketilgan.

Dronlar kimga tegishli ekani hozircha rasman aniqlanmagan. Reuters manbasining dastlabki bahosiga ko‘ra, hujum Rossiya tomonidan amalga oshirilgan bo‘lishi mumkin.

Hujumdan keyin Bolgariya bosh vaziri Rumen Radev Mudofaa vazirligi, xavfsizlik xizmatlari va boshqa idoralar vakillari ishtirokida favqulodda yig‘ilish chaqirdi. U voqeani “mutlaqo qabul qilib bo‘lmaydigan hujum va xalqaro dengiz huquqining qo‘pol buzilishi” deb atadi.

Radevning aytishicha, omon qolgan Able kemasi janubga bug‘doy olib ketayotgan edi. Shimolga yo‘l olgan Alfa Watan kemasida qanday yuk bo‘lgani esa hozircha noma’lum

Kiritildi: 10:39 07.10.2026. O'qildi: 757 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!