Uning so‘zlariga ko‘ra, Gruziya va Yevropa Ittifoqi o‘rtasidagi munosabatlar tenglik va o‘zaro hurmat tamoyillariga asoslanishi kerak. Kaladze Tbilisi YEI bilan faqat do‘stona va sheriklik munosabatlarini rivojlantirishdan manfaatdor ekanini ta’kidladi.
Gruziya va YEI o‘rtasidagi munosabatlar 2023–2024 yillarda gruzin hukumati siyosati yuzasidan yuzaga kelgan kelishmovchiliklar fonida sezilarli darajada yomonlashgan. 2024 yil noyabr oyida Bosh vazir Irakliy Kobaxidze mamlakatning YEIga qo‘shilish bo‘yicha muzokaralarini 2028 yil oxiriga qadar to‘xtatishini ma’lum qilgan.