AQSh prezidenti Donald Tramp Rossiya va Ukraina o‘rtasidagi mojaroni hal qilish ustida ishlayotganini ma’lum qildi.
Uning ta’kidlashicha, mojaro yaqin orada yakunlanishi mumkin.
«Biz hali Rossiya va Ukraina o‘rtasidagi mojaroni yakunlaganimiz yo‘q. Men buning ustida ishlayapman va bu ham yaqin orada amalga oshadi», — dedi Tramp Merilend shtatidagi tadbirda.
Amerika prezidenti mojaroni tinch yo‘l bilan hal qilish jarayoni haqiqatdan ham yaqinlashayotganini qo‘shimcha qildi.