8-15 mart kunlari Tailandning Bangkok shahri yoshlar o‘rtasida "Futures Cup" xalqaro turniriga mezbonlik qildi.
Bahslarda ishtirok etgan terma jamoamiz a’zolari 4 ta oltin, 5 kumush va 2 ta bronza medallarini qo‘lga kiritdilar. Ushbu natija vakillarimiz uchun musobaqaning “eng yaxshi jamoasi” bo‘lish imkoniyatini kafolatladi. Umumjamoa hisobida bizdan keyin qo‘shnimiz Qozog‘iston va uchinchi o‘rin AQSh vakillariga nasib etdi.
G‘olib va sovrindorlarimiz bilan tanishing:
Oltin medal:
-85 kg. Sardorbek Bahromxo‘jayev
-90 kg. Asadbek Sultonboyev
+90 kg. Islom Salixov
-60 kg. Rushanabonu Isoyeva
Kumush medal:
-75 kg. Suxrob Rahmatullayev
-51 kg. Nazokat Mardonova
-65 kg. Sevara Mamatova
-75 kg. Samira Turg‘unova
-80 kg. Asaloy Baxtiyorova
Bronza medal:
-50 kg. Abdug‘ani Yorqinjonov
+80 kg. Nilufarxon Abduhoshimova
Murabbiylar: Xulio Li Echavarria, Sirojiddin Naimov, Baxtiyor To‘raboyev, Elnur Abduraimov, Temur Axbayev, Eldor Holmatov, Mirxon Sodiqov, Shahobbek Jo‘rayev.
Jamoa menejeri: Mirzohid Numonov
Hakam: Maruf Urdushev