Bugun 9 sentyabr, 2026 yil, chorshanba

КИР

Bog‘dodda voyaga yetmagan qizlarga diniy ta’lim berib kelgan ayolga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Bog‘dodda voyaga yetmagan qizlarga diniy ta’lim berib kelgan ayolga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Farg‘ona viloyati Bog‘dod tumanida voyaga yetmagan qizlarga diniy ta’lim berib kelgan ayolga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Viloyat IIB ma’lumotiga ko‘ra, 1987 yilda tug‘ilgan, Durafshon mahallasida yashovchi ayol o‘z xonadonida hujra tashkil qilib, 41 nafar voyaga yetmagan qizga diniy saboq bergan.

Ma’lum bo‘lishicha, qizlar Qo‘qon shahri hamda Uchko‘prik, Yozyovon, Buvayda va Bog‘dod tumanlarida yashovchi oilalarning farzandlari bo‘lgan. Ular hujrada yotib ta’lim olgan. Buning uchun ota-onalar har oyda har bir qizga 600 ming so‘mdan to‘lov qilgan.

Bog‘dodda voyaga yetmagan qizlarga diniy ta’lim berib kelgan ayolga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Tekshiruvda hujrada diniy ta’lim bergan ayolning bu faoliyat bilan shug‘ullanish uchun oliy ma’lumoti va tegishli diplomi yo‘qligi aniqlangan.

Holat bo‘yicha unga nisbatan Jinoyat kodeksining 229²-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Shu bilan birga, diniy ta’lim olgan 41 nafar voyaga yetmagan qizlarning ota-onalariga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 47-moddasi 3-qismi asosida ma’muriy bayonnomalar rasmiylashtirilgan.

Kiritildi: 12:25 11.08.2026. O'qildi: 1537 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!