Samarqand viloyati Jomboy tumani ekologiya bo‘limi sobiq boshlig‘i pora olishda aybli deb topildi.
⚖️ Sud hujjatlariga ko‘ra, 39 yoshli mansabdor qariyb 100 tup terak kesilgani bo‘yicha chora ko‘rmaslik, tabiatga yetkazilgan zararni kamaytirish va yuk mashinasini jarima maydonchasidan chiqarib berish evaziga 11 mln so‘mlik monoblok talab qilgan.
U 26 iyun kuni xizmat xonasida kompyuter jamlanmasini olayotgan vaqtida tezkor tadbirda ushlangan.
💻 Sudda u monoblokni ishxonasiga kerak bo‘lgani uchun so‘raganini aytgan.
Sud hukmi bilan unga 5 yil ozodlikdan mahrum qilish va 2 yil davomida davlat ishtirokidagi tashkilotlarda mansabdorlik hamda moddiy javobgarlik lavozimlarida ishlash huquqidan mahrum qilish jazosi tayinlangan.