Bugun 12 dekabr, 2025 yil, juma

КИР

Benzema "Real"ning asosiy muammosi nimada ekanini aytdi

Benzema "Real"ning asosiy muammosi nimada ekanini aytdi

"Real"ning sobiq futbolchisi Karim Benzema Madrid jamoasining inqirozi haqida o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

"Ularga faqat Mbappe, Vinisius, Bellingem va Rodrigo o‘rtasidagi o‘zaro tushunish yetishmayapti. Har kim nima qilishi kerakligini bilishi kerak. Bellingem o‘zi hujumchi emas, pleymeyker ekanini tushunishi kerak. Mbappe - hujumchi, pleymeyker emas. Vinisius chap qanot vingeri, oltilik emas. Maydonda nima qilish kerakligini hamma bilsa, hammasi yaxshi bo‘ladi. Chunki biz dunyoning eng yaxshi o‘ntaligiga kiradigan o‘yinchilar haqida gapiryapmiz. Va ularning barchasi bir jamoada," - dedi Benzema L’Equipe nashriga.

"Real" chorshanba kuni Chempionlar Ligasi doirasidagi "Manchester Siti"ga qarshi uy uchrashuvida mag‘lub bo‘ldi - 1:2.

Kiritildi: Bugun 09:04. O'qildi: 234 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!